Dokumentatsiya

Unumly: to'liq qo'llanma

Unumly ilovasidan foydalanish bo'yicha to'liq qo'llanma: ro'yxatdan o'tishdan tortib har bir bo'limning aniq imkoniyatlarigacha. Bu yerda hozir bor imkoniyatlar yozilgan, kelajakdagi rejalar alohida belgilab qo'yilgan.

1. Umumiy ma'lumot

Unumlyo'zbek tilidagi sodda reja ilovasi. U kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarni bir joyda rejalashtirish va bajarish uchun yaratilgan. Ilovada ortiqcha imkoniyatlar va murakkab sozlamalar yo'q: faqat reja tuzish va uni bajarish uchun kerakli narsalar bor.

Ilova ikki rejimda ishlaydi: brauzerda (unumly.uz manzilida) va Telegram Mini Appsifatida (bot ichidan). Hech narsa o'rnatish shart emas.

Kim uchun?

  • O'quvchi va talabalar: darslar va loyihalarni rejalashtirish uchun
  • Freelancer va mustaqil mutaxassislar: mijoz ishlarini kuzatish uchun
  • Kichik biznes egalari: kundalik vazifalarni tartibga solish uchun
  • Kunini tartibli o'tkazmoqchi bo'lgan har bir kishi

Nimasi bilan farq qiladi

  • O'zbek tilida (boshqa rejalashtirish ilovalarining ko'pchiligi inglizcha)
  • Telegram bilan yaxshi bog'langan: bot bildirishnomalari, Mini App, vazifani botning o'zida belgilash
  • Minimalistik dizayn: ortiqcha tugmalar va menyular yo'q
  • Telefon raqami saytda emas, Telegram orqali tasdiqlanadi
  • Bepul, reklamasiz

2. Boshlash (Kirish)

Unumly'ga Telegram orqali kiriladi. Ya'ni saytda telefon raqami yoziladigan joy yo'q, hamma tasdiqlash Telegram bot ichida bo'ladi. Bu xavfsizroq va SMS uchun pul ketmaydi.

5 qadamda kirish

  1. 01
    Telegram'da botni oching. Telegram'da @unumlybot ni qidiring yoki t.me/unumlybot havolasi orqali oching. /start tugmasini bosing.
  2. 02
    Telefon raqamingizni ulashing. Bot "Telefon raqamingizni ulashish" tugmasini ko'rsatadi: bossangiz, Telegram avtomatik ravishda raqamingizni botga yuboradi. Veb-saytda hech qanday joyga telefon yozmaysiz.
  3. 03
    Botdan 6-xonali kodni oling. Bot sizga 6-xonali OTP kodini DM orqali yuboradi. Kod 10 daqiqa amal qiladi.
  4. 04
    unumly.uz/kirish ga kiring. Sayt ochilganda telefon raqamingizni va botdan olgan 6-xonali kodingizni kiriting. Tasdiqlash tugmasini bosing.
  5. 05
    Tayyor: Bugun bo'limiga o'tasiz. Sessiya 30 kun davomida saqlanadi. Telegram Mini App orqali kirsangiz, kod kerak bo'lmaydi: avtomatik kirasiz.

Telegram Mini App rejimi

Botda Mini App tugmasini bossangiz, Unumly Telegram ichida to'liq ochiladi. Bunda kod kiritish shart emas: Telegram'ninginitDatamexanizmi orqali o'zingiz kirib qolasiz. Bu eng tez yo'l.

Sessiya muddati va xavfsizlik

  • Sessiya 30 kun davomida saqlanadi (JWT, httpOnly cookie)
  • OTP kodi 10 daqiqa amal qiladi
  • 5 ta noto'g'ri urinishdan keyin kod bloklanadi
  • Chiqish: Sozlamalar > Chiqish tugmasi

3. Asosiy tushunchalar

Reja (Plan)

Rejabu aniq bir kun yoki vaqtga bog'langan vazifa. Misol: "Ertaga soat 10:00 da yig'ilish". Rejalarda sarlavha, sana, vaqt (ixtiyoriy), muhimlik darajasi va status bo'ladi. Rejalar Bugun, Agenda va Kalendarbo'limlarida ko'rinadi.

G'oya (Ideya)

G'oyabu vaqti belgilanmagan, uzoq muddatli niyat. Misol: "Ingliz tilini o'rganish". G'oyalar Rejabo'limida kategoriyalar bo'yicha tartiblanadi. G'oyaga sana belgilansa, u avtomatik ravishda Reja sifatida Bugun/Agenda/Kalendar'da ko'rinadi.

Kategoriya

G'oyalarni guruhlashtirish uchun. Misol: "Ish", "Shaxsiy", "Sport", "O'qish". Har bir kategoriyaga rang belgilanadi (10 ta variant: Olive, Emerald, Teal, Indigo, Pink, Slate, Stone, Mocha, White, Gray).

Muhimlik darajasi

3 ta daraja:

  • Yuqori: kritik, bugun albatta bajarilishi kerak
  • O'rta: muhim, lekin kechiktirish mumkin
  • Past: qachondir bajarilsa bo'ladi

Vazifaga muhimlik belgilamaslik ham mumkin: Vaqtsiz/belgisizbo'lib qoladi.

Status

  • TODO: bajarilmagan, aktiv reja
  • DONE: bajarilgan, Bajarilgan bo'limga o'tadi
  • O'chirilgan: yumshoq o'chirilgan, 30 kun davomida qaytarish mumkin

4. Bugun bo'limi

URL: /bugun

Bugunbo'limida shu kunning vazifalari jamlangan. Sahifani ochishingiz bilan bugungi rejalarni vaqt bo'yicha guruhlangan holda ko'rasiz.

Vazifalar qanday guruhlangan

  • Kechikkan: vaqti va davomiyligi o'tib ketgan, lekin hali bajarilmagan bugungi rejalar. Ular qizil belgi bilan eng tepada turadi
  • Yarim kechasi: 00:00 dan 03:59 gacha
  • Ertalab: 04:00 dan 11:59 gacha
  • Kunduzi: 12:00 dan 16:59 gacha
  • Kechqurun: 17:00 dan 23:59 gacha
  • Vaqtsiz: vaqt belgilanmagan bugungi rejalar

Yuqoridagi bloklarda faqat bugungisanaga qo'yilgan rejalar bo'ladi.

Bajarilmagan rejalar

Kun tugagach bajarilmay qolgan reja ertasiga bugungi ro'yxatni to'ldirib yubormaydi. U sahifaning eng pastidagi yopiq «Bajarilmagan: N» bo'limiga tushadi, uni bosib ochasiz. Har bir vazifa uchun uch amal bor:

  • Bajarildi belgisi(chapdagi doira). Vazifani bajargan-u, belgilashni unutgan bo'lsangiz, shu yerdan belgilaysiz: vazifa Bajarilganbo'limiga o'tadi
  • Bugunga ko'chirish: vazifa bugungi sanaga o'tadi va yana odatdagi ro'yxatda paydo bo'ladi
  • Kerak emas ekan: vazifa yopiladi, lekin o'chirilmaydi, Arxivbo'limida saqlanib qoladi

Nechanchi marta ko'chirayotganingiz kartochkada ko'rinadi («2-marta ko'chirilyapti»). Hisoblagich faqat muddati kelgan yoki o'tganvazifani kechroqqa surganda oshadi. Kelajakdagi rejani boshqa kunga o'tkazish hisobga olinmaydi. Uch martadan keyin ko'chirish tugmasi bloklanadi: vazifani bajarish yoki kerak emas deb belgilash kerak bo'ladi.

Yetti kundan ortiq bajarilmay qolgan vazifa avtomatik ravishda Arxivbo'limiga o'tadi. Hech narsa o'chirilmaydi, arxivdan uni istalgan vaqtda bugunga qaytarish mumkin.

Nima qila olasiz

  • Yangi reja qo'shish: yuqoridagi input maydoniga sarlavhani yozib Enter yoki + tugmasini bosish
  • Vaqt belgilash: soat ikonkasini bosib HH:MM shaklida vaqt tanlash (ixtiyoriy)
  • Muhimlik belgilash: bayroq ikonkasi bilan Yuqori / O'rta / Past tanlash
  • Bajarildi belgisi: chap tomondagi doirani bosish; animatsiya bilan tasdiqlanadi va vazifa Bajarilganbo'limga o'tadi
  • Tahrirlash: vazifa ustiga bosib batafsil dialogni ochish, hamma parametrlarni o'zgartirish
  • O'chirish: batafsil dialog ichidagi o'chirish tugmasi; vazifa O'chirilgan bo'limga 30 kunlik muddatga ko'chadi

Kichik tafsilotlar

  • Bajarilish foizi yuqorida real vaqtda ko'rinadi
  • Bajarganda animatsiya + (ixtiyoriy) tovush effekti
  • Sortlash: status, vaqt, yaratilish tartibi

5. Agenda bo'limi

URL: /agenda

Agendaertaga va undan keyingi bir necha kundagi rejalarni bir joyda ko'rish uchun. Har bir kunning o'z bo'limi bor, ichidagi vazifalar vaqt bo'yicha tartiblangan.

Nima qila olasiz

  • Yaqin kunlardagi rejalarni bir ekranda ko'rish
  • Vazifani boshqa kunga ko'chirish (drag-and-drop)
  • Bajarildi deb belgilash
  • Batafsil dialog orqali tahrirlash yoki o'chirish
  • Bo'sh kunlar uchun "Hozircha reja yo'q" xabari ko'rinadi

Agenda keyingi kunlarni oldindan ko'rib chiqib, haftani yaxshi boshlashga yordam beradi.

6. Tezkor bo'limi

URL: /tezkor

Tezkorvaqti yo'q oddiy ro'yhatlar uchun: bozorlik, sumkaga solinadigan narsalar, esdan chiqmasligi kerak ishlar. Har bir narsani alohida vazifa qilib o'tirmaysiz, hammasi bitta ro'yhatga belgilanadigan qatorlar bo'lib tushadi.

Web yoki Mini App orqali

  • + Yangi ro'yhat tugmasi orqali multiline maydon ochiladi
  • Har qatorga bittadan yozasiz (Enter bilan ajratiladi):
    Bodring
    Pomidor
    Gugurt
  • Saqlaganingizda hammasi bitta ro'yhat bo'ladi. Default nom: "Ro'yhat, 23-may 14:30"(istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin)
  • Ro'yhat ichiga kirib har bir narsani checkbox bilan belgilab borasiz; yangi narsa qo'shish, tahrirlash, o'chirish mumkin

Telegram bot orqali

  • Botga oddiy xabar yuborasiz (masalan "Bodring" deb)
  • Bot xabarni 📝 emoji bilan tasdiqlaydi (ortiqcha matn yo'q) va uni ochiq ro'yhatga item sifatida qo'shadi
  • Oxirgi xabardan ~20 soniyajim turilsa, bot ro'yhatni 4 ta tugma bilan qayta yuboradi:
    • ✅ Tasdiqlash: ro'yhatni shu nom bilan saqlab yopadi
    • ➕ Davom etish: ro'yhatni qayta ochadi, yana 20s kutadi
    • ✏️ Nom kiritish: keyingi xabaringiz ro'yhat nomi bo'ladi
    • 🗑 O'chirish: ro'yhatni yumshoq o'chiradi (soft delete)
  • Davom etishbosgan bo'lsangiz va keyin yana jim tursangiz, bot o'sha xabarning o'zini yangilaydi (yangi xabar yubormaydi), shuning uchun chat to'lib ketmaydi.

Qachon Reja, qachon Tezkor?

  • Reja (Bugun/Agenda): sana/vaqt bog'langan, muhimlik darajasi bor, eslatma kelib turadi
  • Tezkor: oddiy ro'yhat. Sotib olish, olib borish yoki eslab qolish kerak narsalar uchun. Sana yo'q, priority yo'q, eslatma yo'q

7. Kalendar bo'limi

URL: /kalendar

Kalendarrejalaringizni vaqt bo'yicha ko'rsatadi. 4 xil ko'rinishi bor: kun, hafta, oy va yil.

Kun ko'rinishi

  • 24-soatlik vertical setka
  • Hozirgi soat avtomatik scroll qilinadi
  • Soat slot'iga bosib yangi vazifa qo'shish
  • Drag bilan vazifani boshqa vaqtga ko'chirish
  • Slot davomiyligini cho'zib o'zgartirish (vaqt belgilash)

Hafta ko'rinishi

  • 7 ustun (Yakshanba dan Shanba gacha)
  • Har kunda vazifalar vaqt bo'ylab joylashgan
  • Drag bilan kun va vaqt orasida ko'chirish
  • Chevron tugmalari bilan oldingi/keyingi haftaga o'tish

Oy ko'rinishi

  • An'anaviy oy setkasi (6 hafta satri)
  • Har kunda vazifalar soni ko'rsatiladi
  • Kunni bosish: Kun ko'rinishiga o'tish

Yil ko'rinishi

  • 12 ta mini-oy bir ekranda
  • Bir oyni bosish: Oy ko'rinishiga o'tish
  • Yil davomidagi umumiy reja zichligini baholash uchun

8. Reja bo'limi

URL: /reja

Rejabo'limi uzoq muddatli niyatlar va g'oyalar uchun. Bu yerda vaqt belgilanmagan g'oyalar kategoriyalar bo'ylab guruhlanadi. Vaqt belgilangan rejalar esa Bugun, Agenda va Kalendar'da ko'rinadi.

Ikki ko'rinish

Tab ko'rinishi (mobil va default)

  • Kategoriyalar vertikal ro'yxat sifatida
  • Har kategoriya ostida aktiv g'oyalar
  • Bajarilganlar "Bajarilgan" sticky'da
  • Sort: "Yangi avval" yoki "Eski avval"

Kanban ko'rinishi (desktop)

  • Har kategoriya: alohida ustun (kartalar)
  • Aktiv g'oyalar yuqorida, bajarilganlar pastda
  • Mobilda kanban yo'q: avtomatik Tab'ga o'tadi

G'oyalar bilan ishlash

  • Yangi g'oya qo'shish: kategoriya ostidagi input'dan
  • Bajarilgan deb belgilash: checkbox bilan
  • Tahrirlash: batafsil dialog
  • O'chirish: soft delete, 30 kun ichida qaytarish mumkin
  • Sana belgilash: g'oyaga sana qo'shsangiz, u Reja sifatida shu kunning Bugun/Kalendar'ida ko'rinadi

Kategoriyalarni boshqarish

  • Yangi kategoriya yaratish (ismi va rangi bilan)
  • Mavjud kategoriyani qayta nomlash yoki rangini o'zgartirish
  • Bo'sh kategoriyani o'chirish

9. Odat bo'limi

URL: /odat

Odatbo'limi muntazam takrorlanadigan ishlarni kuzatish uchun. Rejadan farqi shuki, Reja bir martalik vazifa, Odat esa hafta kunlari bo'yicha takrorlanadiganish (masalan "Du, Se, Ju kunlari sport" yoki "har kuni suv ichish"). Har kuni belgilab borsangiz, qanchalik izchil ekaningiz ko'rinib turadi.

Rejalar bilan bog'liqligi

Odat yaratilganda u o'zi vazifaga aylanadi va belgilangan kunlari (va vaqtida) Bugun, Agenda va Kalendar'da ♻ belgisi bilan ko'rinadi. Vaqt belgilangan bo'lsa, Telegram bot eslatmasi ham keladi. O'sha kundagi vazifa vaqtini Agenda/Bugun'da o'zgartirsangiz, faqat o'sha kungata'sir qiladi, odatning umumiy jadvali o'zgarmaydi. Agenda'dagi odat vazifalari fon rangi bilan ham biroz farqlanadi.

Har bir odat uchun "Agendada ko'rinsin" toggle'i bor (yaratishda va tahrirlashda): o'chirilsa, o'sha odat Agenda ro'yxatida chiqmaydi, lekin Bugun va Kalendar'da baribir kuzatiladi.

Ikki bo'lim

Kalendar (kuzatuv)

  • Hafta / Oy ko'rinishi, oldingi/keyingi davrga o'tish
  • Kunni bosib o'sha kun odatlarini belgilash; o'tib ketgan kunlarni ham to'ldirish mumkin
  • Kelajak kunlarni ko'rish va odat qo'shish mumkin, lekin bajarish faqat o'tmish/bugun
  • Pastda katta halqa: o'sha hafta yoki oy bajarilish foizi

Odatlar (boshqaruv)

  • Odatlar toifalar (ikonali) bo'yicha guruhlanadi; tepada "Barchasi" + toifa tablari
  • Yangi odat: nom, toifa (majburiy yoki "Toifasiz"), qaysi kunlari, ixtiyoriy vaqt, Agendada ko'rinish toggle'i
  • Odatni ochib tahrirlash: nom, toifa, kunlar, vaqt, Agendada ko'rinish; so'ng Saqlash tugmasini bosasiz
  • Toifa qo'shish; toifani tahrirlash/o'chirish: faol tab'ni qayta bosib
  • Arxivlash (vaqtincha to'xtatish) va qaytarish; o'chirishdan oldin tasdiq so'raladi

10. Maqsad bo'limi

Maqsadbo'limida maqsadlar to'rt davrga bo'linadi: Hafta, Oy, 3 oy va Yil. Har bir maqsad bir pog'ona pastga o'tkaziladi: yillik maqsad 3 oylikka, 3 oylik oylikka, oylik haftalikka, haftalik esa kunlik taskka.

Maqsad ichiga ixtiyoriy «Nima qilish kerak?» qadamlarini qo'shish mumkin. Qadam ham maqsad kabi pastga o'tkaziladi. Bugunga o'tkazilgani Bugun, Agenda va Kalendarda belgisi bilan ko'rinadi. Pastdagisi bajarilsa, manbasi ham bajarilgan bo'ladi.

Qanday ishlaydi

  • Tepadagi tablardan davrni tanlang, ‹ › bilan oldingi yoki keyingi davrga o'ting
  • Kartadagi tugma («Bugunga», «Haftaga», «Oyga», «3 oyga») maqsadni bir pog'ona pastga o'tkazadi
  • Maqsadni bossangiz, oyna ochiladi: qadam qo'shish, belgilash, o'tkazish, nomini tahrirlash, o'chirish shu yerda
  • Hamma qadam bajarilsa, maqsad ham bajarilgan bo'ladi
  • 3 oylik davr kalendar choragiga teng: yanvar–mart, aprel–iyun, iyul–sentabr, oktabr–dekabr

11. Moliya bo'limi

URL: /moliya

Kundalik pul ishlarini bir joyda yuritasiz: kirim/chiqim, kategoriyalar, limitlar, yig'im maqsadlari va qarzlar. Barcha summalar so'mda. Bo'lim 5 ta tabga bo'lingan, yuqorida oy bo'yicha navigatsiya bor.

Umumiy

  • Oylik balans (kirim − chiqim), kirim va chiqim jami
  • Kirim taqsimoti va Chiqim taqsimoti: kategoriyalar bo'yicha donut grafik va foizlar
  • Taqsimot kartasini bossangiz, «Kirim-chiqim» tabining kerakli (kirim yoki chiqim) qismi ochiladi

Tarix

Barcha kirim/chiqim yozuvlari sana bo'yicha guruhlangan. Har birini bosib tahrirlash yoki o'chirish mumkin. Yangi yozuv pastdagi +(mobil) yoki kesik chiziqli tugma (desktop) bilan qo'shiladi.

Kirim-chiqim (kategoriyalar)

  • Kirim / Chiqim toggle orqali turni tanlash
  • Kategoriya qo'shish, tahrirlash, o'chirish (ikona va rang bilan); boshida 18 ta tayyor kategoriya bor
  • Har kategoriyada shu oydagi jami summa; ko'pi tepada turadi; yuqorida «Bu oydagi kirim/chiqim»
  • Chiqim kategoriyasiga oylik limit qo'yish mumkin: sarf progress bar bilan ko'rinadi, limitdan oshsa qizil ogohlantirish chiqadi

Yig'im

Pul yig'ish maqsadlari (masalan «Mashina uchun 50 mln»). Har maqsadga nom, kerakli summa, ixtiyoriy muddat va belgi qo'yiladi. Hissa qo'shish yoki yechishbilan yig'ilgan summa o'zgaradi (0 dan past tushmaydi); progress va «yana qancha qoldi» ko'rinadi; maqsadga yetganda «Bajarildi» belgisi chiqadi.

Qarz

  • Ikki tur: Men oldim (qarzdorman) va Men berdim (menga qarzdor)
  • Yuqorida: menga qancha qarzdor, men qancha qarzdorman; filtr orqali ajratish
  • Qisman qaytarish (qoldiq kamayadi, progress) yoki to'liq hal qilish
  • Muddat qo'ysangiz, muddat kuni ertalab Telegram bot eslatma yuboradi; muddat o'tsa qizil belgi
  • Hal qilinganlar pastda alohida; qayta ochish yoki o'chirish mumkin

12. Bajarilgan, Arxiv va O'chirilgan

Bajarilgan bo'limi

URL: /bajarilgan

DONE statusi belgilangan barcha vazifalar bu yerda saqlanadi. Kun bo'ylab guruhlangan (yangilari yuqorida). Har bir vazifani:

  • Qaytarish: TODO statusiga qaytadi, asosiy ro'yxatga ko'chadi
  • O'chirish: O'chirilgan bo'limga 30 kunga ko'chadi

Arxiv bo'limi

URL: /arxiv

Bajarilmay qolgan vazifalar yo'qolib ketmaydi, ular shu yerga to'planadi. Ikki guruhga bo'lingan:

  • Arxivlangan: yetti kundan ortiq bajarilmagan vazifalar. Avtomatik tushadi, hech qanday amal talab qilmaydi
  • Kerak emas: Bugunbo'limidagi «Kerak emas ekan» tugmasi bilan o'zingiz yopgan vazifalar

Har bir yozuv yonidagi Bugungatugmasi vazifani bugungi sanaga qaytaradi va yana faol holatga keltiradi. Arxivdan qaytarishda ko'chirish limiti tekshirilmaydi.

Arxiv o'chirishemas: bu yerdan hech narsa avtomatik yo'q qilinmaydi va 30 kunlik muddat ham qo'llanmaydi.

O'chirilgan bo'limi

URL: /ochirilgan

Yumshoq o'chirilgan vazifalar bu yerda 30 kun saqlanadi. Tasodifan o'chirib qo'ygan reja yoki g'oyalarni qaytarish uchun. Har bir element ostida necha kun qoldiko'rsatiladi.

  • Qaytarish: vazifa o'z bo'limiga qaytadi
  • Butunlay o'chirish: qaytarib bo'lmaydigan o'chirish (tasdiqlash dialogi)
  • 30 kundan keyin avtomatik tozalanadi

13. Sozlamalar

Sozlamalarni ochish uchun yuqori o'ng burchakdagi sozlamalar ikonkasini bosing. Oyna 4 qismdan iborat:

Tovush effektlari

  • Yoqish/o'chirish (toggle)
  • Ovoz balandligi (0% dan 100% gacha)
  • Yoqilganda: kichik test tovushi chalinadi
  • Tovush qachon chalinadi: vazifa bajarganda

Bildirishnoma sozlamalari (Telegram orqali)

Necha daqiqa oldin (account default): bot xabari vazifa vaqtidan qancha oldin kelishini tanlaysiz: O'z vaqtida, 10, 20 yoki 30 daqiqaavval. Odatiy qiymat: 10 daqiqa avval. Bu Batafsil oynasida boshqa qiymat tanlanmagan barcha rejalarga ta'sir qiladi. Sozlamani o'zgartirsangiz, hali yuborilmagan va alohida vaqt qo'yilmagan rejalarning eslatmalari yangi qiymatga qarab qayta hisoblanadi.

Per-task override: reja Batafsil dialogida Eslatma: 5 daq. oldintugmasi bor, uni bosib 4 ta variant (O'z vaqtida / 5 / 15 / 30 daqiqa avval) orasidan tanlash mumkin. Bu faqat shu rejaga ta'sir qiladi va umumiy sozlamadan ustun turadi.

Muhimlik darajasi bo'yicha alohida boshqarish:

  • Yuqori muhimlikdagi rejalar uchun bildirishnoma
  • O'rta muhimlikdagi rejalar uchun bildirishnoma
  • Past muhimlikdagi rejalar uchun bildirishnoma
  • Muhimligi belgilanmagan rejalar uchun bildirishnoma

Har biri alohida toggle: kerakli darajalarni yoqib qo'yasiz.

Mavzu (tema)

Sozlamalar → Theme bo'limida palitra va rejim tanlanadi.

  • 5 ta palitra: Mono (default), Ocean, Graphite, Raspberry, Honey
  • Har bir palitra Yorug' va Qorong'i rejimda ishlaydi
  • Rejim tanlanmagan bo'lsa, tizim sozlamasi kuzatiladi (prefers-color-scheme)

Shrift

5 ta variant orasida tanlash mumkin:

  • Hanken Grotesk (default)
  • Inter
  • Geist
  • Manrope
  • Plus Jakarta Sans

Chiqish

Sozlamalar dialogining pastida Chiqish tugmasi: sessiyani tugatadi va /kirishsahifasiga yo'naltiradi.

14. Telegram bot

Unumly boti (@unumlybot) uch ish qiladi: kirish uchun OTP yuboradi, vaqt belgilangan rejalar haqida bildirishnoma jo'natadi va Tezkor ro'yhatlar uchun yozuvlarni qabul qiladi.

/startbuyrug'ini bossangiz, salomlashish xabari va Mini App tugmasi keladi. Boshqa har qanday oddiy matn esa Tezkor ro'yhatga itemsifatida qo'shiladi (login bo'lgan foydalanuvchilar uchun).

Bildirishnomalar qanday ishlaydi

  • Vaqt belgilangan reja belgilangan vaqtga yaqinlashganda bot xabar yuboradi, odatda 5 daqiqa oldin (Sozlamalardan O'z vaqtida, 5, 15 yoki 30 daqiqaga o'zgartirish mumkin)
  • Xabar matnida vazifaning asl vaqti va "X daq. qoldi" hisobi ko'rsatiladi, shunda tayyorlanishga ulgurasiz
  • Har bildirishnoma ostida ikkita tugma bo'ladi: "Bajarildi" va "Mini App'da ochish"
  • "Bajarildi"tugmasini bossangiz, reja to'g'ridan-to'g'ri Telegram ichidan DONE statusiga o'tadi: sayt yoki Mini App ochish kerak emas
  • "Mini App'da ochish": Telegram ichida ilovani ochib batafsil ishlash uchun

Qachon bildirishnoma kelmaydi

  • Rejaga vaqt belgilanmagan bo'lsa
  • Sozlamalarda shu muhimlik darajasi uchun bildirishnoma o'chirilgan bo'lsa
  • Reja allaqachon bajarilgan yoki o'chirilgan bo'lsa

Tezkor ro'yhatlar uchun bot

  • Botga oddiy matn yuborsangiz, u Tezkor ro'yhatga item bo'lib qo'shiladi
  • Multiline xabar yuborsangiz, har qator alohida item bo'ladi
  • Oxirgi xabardan 3 daqiqa o'tgach, bot ro'yhatni[Nom kiritish] va [O'chirish] tugmalari bilan yuboradi
  • Tafsilotlar 6-bo'limda (Tezkor)

15. Ma'lumotlar va xavfsizlik

Qaerda saqlanadi?

Ikki rejim bor:

  • Kirgan foydalanuvchi (avtorizatsiya bilan): barcha rejalar, g'oyalar va kategoriyalar bulut bazasida (Postgres) saqlanadi. Qurilmalar orasida avtomatik sinxronlanadi.
  • Kirmagan foydalanuvchi (mehmon): rejalar faqat brauzer xotirasida (localStorage) saqlanadi. Boshqa qurilmaga ko'chmaydi.

Birinchi kirishda nima bo'ladi?

Mehmon sifatida ishlatib turgan paytda localStorage'da rejalar to'plangan bo'lsa, birinchi kirishda ular o'zi bulutga ko'chadi, hech narsa yo'qolmaydi.

Sinxronlash

  • O'zgarish darhol UI'da ko'rinadi (optimistik UI)
  • Keyin serverga jo'natiladi
  • Server xato qaytarsa, o'zgarish bekor qilinadi (rollback)
  • Har 20 sekundda fonda yangi ma'lumotlar tortib olinadi

Xavfsizlik

  • Login Telegram orqali: saytda parol yoki SMS yo'q
  • Sessiya JWT bilan (httpOnly cookie, 30 kun)
  • Telegram Mini App'dagi initData server tomonda imzosi tekshiriladi
  • OTP 10 daqiqada eskiradi, 5 marta noto'g'ri kiritilsa kod bloklanadi
  • O'chirish: yumshoq (30 kun qaytarish oynasi)

16. Tez-tez so'raladigan savollar

Unumly o'zbek tilidagi sodda reja ilovasi. Unda kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarni rejalashtirib, bajarib borasiz. Brauzerda ishlaydi, Telegram Mini App sifatida ham ochiladi.

Ro'yxatdan o'tish Telegram bot (@unumlybot) orqali bo'ladi. Botga telefon raqamingizni ulashsangiz, u 6-xonali kod yuboradi. Shu kodni saytga kiritasiz va kirasiz. Saytda telefon raqami yoziladigan joy yo'q.

Kirgan foydalanuvchilar uchun rejalar bulutda (Postgres) saqlanadi va qurilmalar orasida sinxronlanadi. Kirmagan holatda esa rejalar faqat brauzer xotirasida (localStorage) saqlanadi va sinxronlanmaydi. Birinchi marta kirganingizda localStorage'dagi rejalar o'zi bulutga ko'chadi.

Yo'q, Unumly bepul. Asosiy imkoniyatlar (rejalashtirish, kalendar, bot bildirishnomalari) doim bepul bo'lib qoladi.

Zamonaviy brauzeri bor har qanday qurilmada: kompyuter, telefon yoki planshetda. Telegram'da Mini App sifatida ham ochsa bo'ladi. Chrome, Safari, Firefox va Edge'da bir xil ishlaydi.

Ha. Unumly yumshoq o'chirish (soft delete) ishlatadi: o'chirilgan vazifa 30 kun "O'chirilgan" bo'limida turadi, shu muddat ichida uni qaytarish mumkin. 30 kundan keyin u butunlay o'chib ketadi.

Bot vaqt belgilangan vazifalar uchun bildirishnoma yuboradi va Tezkor ro'yhatlar uchun item qabul qiladi. Bildirishnoma ostida "Bajarildi" tugmasi bor, vazifani Telegramdan chiqmasdan belgilab qo'yasiz. Botga oddiy matn yozsangiz, u Tezkor ro'yhatga qo'shiladi.

Tezkor vaqti yo'q oddiy ro'yhatlar uchun: bozorlik, sumkaga solinadigan narsalar, esdan chiqmasligi kerak ishlar. Bitta ro'yhatga ko'p narsa yoziladi va har birini belgilab borasiz. Reja esa sanasi va vaqti bor vazifalar uchun, ular haqida bot eslatib turadi.

Sozlamalarda bildirishnomalarni muhimlik darajasiga qarab alohida yoqib-o'chirasiz: Yuqori, O'rta, Past va Vaqtsiz vazifalar uchun.

Odatda eslatma vazifa vaqtidan 10 daqiqa oldin keladi, shunda tayyorlanishga ulgurasiz. Sozlamalarda buni barcha rejalar uchun o'zgartirish mumkin: O'z vaqtida, 10, 20 yoki 30 daqiqa avval. Bitta rejaga alohida vaqt kerak bo'lsa, Batafsil oynasida "Eslatma" tugmasini bosib shu 4 ta variantdan birini tanlang.

Unumly o'zbek tilida, dizayni sodda va Telegram bilan yaxshi bog'langan. Todoist yoki TickTick'dagidek ortiqcha imkoniyatlar yo'q: faqat reja tuzasiz, ko'rasiz va bajarasiz.

Brauzerda ochiq turgan saytni qisman ko'ra olasiz, lekin yangi rejani saqlash va sinxronlash uchun internet kerak. Telegram Mini App ham internetsiz ishlamaydi.

Boshlash

Tayyormisiz?

Hozir Telegram bot orqali kirib, birinchi rejani qo'shing. Hech narsa o'rnatish kerak emas.

Kirish